×
24-июн 2024 yil 7

Filiali tarixi

RESPUBLIKA O‘RTA TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA

 XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH VA IXTISOSLASHTIRISH 

MARKAZI URGANCH FILIALI HAQIDA 

TARIXIY MA’LUMOTLAR

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Urganch filiali dastlab Urganch o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish bilim yurti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1982-yil 24-dekabrdagi 4107-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2004-yil 20-oktabrdagi 463-sonli buyrug‘iga asosan, mazkur muassasa O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Respublika markazining Urganch filialiga aylantirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va muassasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga muvofiq, Urganch shahar hokimligi huzuridagi “Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi”ning 2006-yil 5-iyundagi 445-sonli qarori bilan filial davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, unga tegishli guvohnoma berilgan (reyestr tartib raqami №2127, №0002700). Shuningdek, Urganch shahar hokimining 2011-yil 8-iyundagi 806-q-sonli qarori bilan filial ustavi qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Filial ustavi 9 bo‘limdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan 2008-yil 29-may kuni №361 tartib raqami bilan davlat reyestriga kiritilgan.

Bundan tashqari, 2010-yil 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining Urganch shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri bo‘limida №221101040200950001 kadastr raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2018-yil 25-aprel kuni esa Urganch filiali yuridik shaxs sifatida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2127-sonli tartib raqami asosida guvohnoma qayta tasdiqlangan.

Urganch filialining pochta manzili: 220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, 

Y. Bobojonov ko‘chasi, 1-uy,1-yo‘lak. 

Elektron pochta manzillari: hrz.malakaoshir.m@mail.ru, malakaurg@mail.ru. Rasmiy veb-sayti: malaka-urganch.uz

Telefon raqami: +99862 228-10-16

Faks: +99862 228-10-63.

Hozirgi kunda Urganch filialida o‘quv-uslubiy, marketing, monitoring, kadrlar, kutubxona, xo‘jalik ishlari hamda hisob-kitob bo‘limlari faoliyat yuritib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va sifatli faoliyat olib borishni ta’minlab kelmoqda.Конец формы

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech